Foydalanish shartlari
1. Shartlarni qabul qilish
ProfUp'dan foydalanib, siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.
2. Akkaunt
Akkaunt Telegram orqali telefon raqamini tasdiqlab, yoki Google/Yandex orqali ochiladi. Login va parolingiz xavfsizligi uchun o'zingiz javobgarsiz. Foydalanuvchi va mutaxassis rollari alohida.
3. Ommaviy oferta: xizmat ko'rsatuvchi va xaridor o'rtasidagi munosabat
ProfUp — mutaxassislar (xizmat ko'rsatuvchilar) va foydalanuvchilar (xaridorlar) uchrashadigan axborot platformasi. Xizmat ko'rsatuvchi va xaridor o'rtasidagi oldi-berdi, kelishuv, to'lov, muddat, sifat va natija bo'yicha munosabatlarga tizim ma'sullari aralashmaydi va bu munosabatlarning tomoni hisoblanmaydi.
- Xizmat narxi, hajmi, muddati va shartlari mutaxassis va mijoz o'rtasida bevosita kelishiladi.
- Xizmat uchun to'lovlar platformadan tashqarida, tomonlar o'rtasida amalga oshiriladi; ProfUp ularni qabul qilmaydi, saqlamaydi va qaytarmaydi.
- Mutaxassis profilidagi ma'lumot, xizmatlar va narxlar to'g'riligiga o'zi javob beradi. ProfUp xizmat sifati, natija va muddatlar uchun kafolat bermaydi.
- Nizo yuzaga kelganda tomonlar uni o'zaro hal qiladi; ProfUp faqat qoidabuzar akkauntlarni cheklash huquqini saqlab qoladi va sharh/shikoyat mexanizmini taqdim etadi.
- Ro'yxatdan o'tgan har bir foydalanuvchi va mutaxassis ushbu oferta bilan tanishgan va rozi hisoblanadi.
4. Qo'llanmalar
Hozircha barcha qo'llanmalar bepul. Mualliflik huquqi himoyalangan: qo'llanma matnini muallif roziligisiz nusxa ko'chirish va tarqatish taqiqlanadi.
5. Taqiqlangan harakatlar
Soxta sharh, spam, boshqa shaxs nomidan chiqish va qonunga zid kontent joylash mumkin emas. Qoidabuzar akkauntlar cheklanadi.
6. O'zgartirishlar
Shartlar yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida saytda xabar beramiz.